Termiz shahri, Surxondaryo viloyati +998 97 227 27 77 termiztexnikumi1@gmail.com
Bosh sahifa Biz haqimizda Ta'lim yo'nalishlari Qabul parametrlari Hujjat topshirish Yangiliklar Bizning jamoa Bog'lanish
Muhim
🏢 Termiz shahar 1-son texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til mazmunli tashkil etilmoqda.
13-Iyul, 2026

🏢 Termiz shahar 1-son texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til mazmunli tashkil etilmoqda.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz shahar 1-son texnikumida turli yo‘nalishlarda to‘garak mashg‘ulotlari izchil davom etmoqda. 🔹 Texnikumda tashkil etilgan. 🇬🇧 Ingliz tili to‘garagida xorijiy tilni erkin o‘rganish, muloqot qilish va zamonaviy bilimlarni egallashga alohida e’tibor qaratilgan. 💇Sartaroshlik to‘garagida zamonaviy soch turmaklari va xizmat ko‘rsatish madaniyati bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. 🧵 Tikuvchilik to‘garagida esa kiyimlarni loyihalash, bichish va tikish sirlarini puxta egallashga yo‘naltirilgan darslar tashkil etilmoqda. ✨ Mazkur to‘garaklar yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qilmoqda.

Batafsil o'qish
Yangilik
Termiz shahar 1-son texnikumida Davlat attestatsiya komissiyasi imtihoni bo‘lib o‘tdi.
23-Iyun, 2026

Termiz shahar 1-son texnikumida Davlat attestatsiya komissiyasi imtihoni bo‘lib o‘tdi.

🏢 Termiz shahar 1-son texnikumida Davlat attestatsiya komissiyasi imtihoni bo‘lib o‘tdi. 📚 Termiz shahar 1-son texnikumining 10-24-guruh “Tikuvchi” kasbi o‘quvchilari uchun “Ayollar kiyimi tikuvchisi” hamda “Bolalar kiyimi tikuvchisi” kvalifikatsiyalari bo‘yicha Yakuniy davlat attestatsiya imtihoni tashkil etildi. 🧵 Imtihon jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining egallagan bilim va ko‘nikmalarini ko‘rgazmali-amaliy imtihon orqali namoyish etib, kasbiy mahoratlarini ko‘rsatdilar. ✨ Ushbu jarayon bo‘lajak tikuvchilarning malakasini baholash, ijodkorligi va amaliy tayyorgarligini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etdi. 📌 Termiz shahar 1-son texnikumi — zamonaviy kasbiy ta’lim va malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lida faoliyat olib bormoqda.

Batafsil o'qish
Yangilik
📌 Termiz shahar 1-son texnikumida Davlat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
05-Iyun, 2026

📌 Termiz shahar 1-son texnikumida Davlat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahar 1-son texnikumining 2-24-guruh "Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash" kasbi bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchi o‘quvchilar uchun Yakuniy Davlat attestatsiyasi (Davlat imtihoni) bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonida o‘quvchilarning kasbiy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda mutaxassislik bo‘yicha egallagan malakalari sinovdan o‘tkazildi. Bitiruvchilar o‘zlariga berilgan topshiriqlarni bajarish orqali kasbga oid nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini namoyish etdilar. Davlat imtihoni ochiq va shaffof tarzda tashkil etilib, baholash mezonlari asosida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari xolisona baholandi. Yakuniy davlat attestatsiyasi kasbiy ta’lim oluvchilarning mehnat faoliyatiga tayyorligini aniqlashda muhim bosqich hisoblanadi. Barcha bitiruvchilarga Davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishlarini tilab, kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tiladilar! 🚗🔧

Batafsil o'qish
Yangilik
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi
05-Iyun, 2026

Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi

✴️5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi Prezidentning PF-81-son Farmoniga (https://lex.uz/uz/docs/-6937332) muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. 🔹1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi: 🟢Faqat test sinovida ishtirok etsa: ✅fanlar majmuasi; ✅taʼlim tili; ✅test topshirish hududi. 🟢Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa: ➡️taʼlim tili; ➡️test topshirish hududi; ➡️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh. Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. 🔸2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi: ➡️oliy taʼlim muassasasi; ➡️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ➡️taʼlim shakli; ➡️tanlov ustuvorligi. Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ✔️ Texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: 🟢texnikum; 🟢kasb va mutaxassislik; 🟢taʼlim shakli. 🗣 Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim tashkilotlarida “Qabul-2026” shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, fuqarolarimiz vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki @EduuzUniversalBot’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin. Bizni kuzating Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram (https://www.instagram.com/eduuzofficial/)| YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)

Batafsil o'qish
Tadbir
Kasblar festivali  Surxondaryoda
03-Iyun, 2026

Kasblar festivali Surxondaryoda

O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilayotgan “Kasblar festivali – 2026” mamlakat bo‘ylab keng tarqalmoqda. Ushbu yirik loyiha Surxondaryo viloyati Termiz tumani "Marvarid" dam olish maskanida ham o‘tkazilib, yoshlar, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda turli soha vakillarini bir maydonda jamlandi. Festival davomida ishtirokchilar zamonaviy kasblar, innovatsion texnologiyalar, amaliy ko‘nikmalar va mehnat bozoridagi yangi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi. Festivalning asosiy maqsadi — yoshlarni kasbga yo‘naltirish, kasbiy ta’limning nufuzini oshirish hamda mehnat qadriyatlarini targ‘ib qilishdan iborat. Tadbirda zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, IT va hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir davomida faol yoshlar, ustozlar va tashkilotchilar tomonidan kasb egallashning bugungi kundagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. https://t.me/Termizsh1sontexnikumi

Batafsil o'qish
Yangilik
Termiz shahar 1-son texnikumi o'quvchilari   AMALIYOT JARAYONLARI
01-Iyun, 2026

Termiz shahar 1-son texnikumi o'quvchilari AMALIYOT JARAYONLARI

💇‍♂️ Sartaroshlik yo‘nalishi Bugun amaliyot jarayonida o‘quvchilarimiz zamonaviy soch turmaklarini bajarish ustida ishlashdi. Ular mijoz bilan ishlash, gigiyena qoidalariga amal qilish va professional uslublarni o‘rganishmoqda. 👨‍🍳 Oshpazlik yo‘nalishi Amaliyot davomida o‘quvchilar milliy va zamonaviy taomlar tayyorlashni mashq qilishdi. Bugungi menyuda: palov, salatlar va shirinliklar. 💻 Raqamli axborotlarni qayta ishalash O‘quvchilar kompyuter dasturlari bilan ishlash, hujjatlar tayyorlash va dasturlash asoslarini amalda qo‘llashmoqda. 🔧 Avtomobillarni ta’mirlash. Bugungi amaliyotda dvigatelni tekshirish, moy almashtirish va nosozliklarni aniqlash ishlari bajarildi. https://t.me/Termizsh1sontexnikumi

Batafsil o'qish
Tadbir
🏢 Termiz shahar 1-son texnikumi 🎓 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri doirasida
01-Iyun, 2026

🏢 Termiz shahar 1-son texnikumi 🎓 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri doirasida

Targ‘ibot va tashviqot Termiz shahar 1-son texnikumi o‘qituvchilari tomonidan umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari munosabati bilan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Tadbir davomida bitiruvchi yoshlar bilan samimiy suhbatlar tashkil etilib, texnikumdagi ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy kasb-hunar imkoniyatlari hamda kelajakdagi istiqbollar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bitiruvchi o‘quvchilar “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami bilan samimiy tabriklanib, ularga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan zafarlar, oliy maqsadlari sari dadil qadam tashlashlari, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari tilab qolindi. 🌸✨Barcha bitiruvchilarga kelajakdagi o‘qish va ishlarida omad, yuksak marralar va yorqin kelajak tilaymiz! 🌸✨

Batafsil o'qish