Termiz shahri, Surxondaryo viloyati +998 97 227 27 77 termiztexnikumi1@gmail.com
Bosh sahifa Biz haqimizda Ta'lim yo'nalishlari Qabul parametrlari Hujjat topshirish Yangiliklar Bizning jamoa Bog'lanish
Yangiliklarga qaytish
Yangilik

Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi

05-Iyun, 2026 136 marta ko'rildi
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi

✴️5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi

Prezidentning PF-81-son Farmoniga (https://lex.uz/uz/docs/-6937332) muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.

🔹1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

🟢Faqat test sinovida ishtirok etsa:
✅fanlar majmuasi;
✅taʼlim tili;
✅test topshirish hududi.

🟢Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa:
➡️taʼlim tili;
➡️test topshirish hududi;
➡️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh.

Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

🔸2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
➡️oliy taʼlim muassasasi;
➡️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
➡️taʼlim shakli;
➡️tanlov ustuvorligi.

Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

✔️ Texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:
🟢texnikum;
🟢kasb va mutaxassislik;
🟢taʼlim shakli.

🗣 Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim tashkilotlarida “Qabul-2026” shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, fuqarolarimiz vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki @EduuzUniversalBot’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Bizni kuzating
Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram (https://www.instagram.com/eduuzofficial/)| YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)