Termiz shahri, Surxondaryo viloyati +998 97 227 27 77 termiztexnikumi1@gmail.com
Bosh sahifa Biz haqimizda Ta'lim yo'nalishlari Qabul parametrlari Hujjat topshirish Yangiliklar Bizning jamoa Bog'lanish
Yangiliklarga qaytish
Tadbir

Kasblar festivali Surxondaryoda

03-Iyun, 2026 40 marta ko'rildi
Kasblar festivali  Surxondaryoda

“Kasblar festivali – 2026” yoshlarning kasbiy rivojlanishi va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim maydonga aylanmoqda. Mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli festival Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Festivalda kasb-hunar ta’limi muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik subyektlari, turli soha mutaxassislari hamda yuzlab yoshlar ishtirok etib, zamonaviy kasblar va mehnat bozoridagi istiqbolli yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida axborot texnologiyalari, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish, hunarmandchilik, dizayn va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rgazmalar, amaliy mahorat darslari va taqdimotlar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kasblar bo‘yicha mutaxassislardan bevosita maslahat olish, zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlarini ko‘rish hamda amaliy jarayonlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Festivalning asosiy maqsadi yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish, kasbiy ta’limning jamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, mehnatga hurmat va kasb egalariga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishdan iboratdir. Shuningdek, tadbir yoshlarning qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash, ularni zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Festival davomida faol yoshlar, tajribali ustozlar va soha vakillari tomonidan bugungi kunda malakali mutaxassis bo‘lish, kasb egallash va o‘z ustida muntazam ishlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirib, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga yangi motivatsiya va ilhom bag‘ishladi.

📌 Kasb tanlash — kelajakni tanlashdir!

📲 Batafsil:
https://t.me/Termizsh1sontexnikumi