Targ‘ibot va tashviqot
Termiz shahar 1-son texnikumi o‘qituvchilari tomonidan umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari munosabati bilan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Tadbir davomida bitiruvchi yoshlar bilan samimiy suhbatlar tashkil etilib, texnikumdagi ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy kasb-hunar imkoniyatlari hamda kelajakdagi istiqbollar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Bitiruvchi o‘quvchilar “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami bilan samimiy tabriklanib, ularga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan zafarlar, oliy maqsadlari sari dadil qadam tashlashlari, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari tilab qolindi.
🌸✨Barcha bitiruvchilarga kelajakdagi o‘qish va ishlarida omad, yuksak marralar va yorqin kelajak tilaymiz! 🌸✨