Termiz shahri, Surxondaryo viloyati +998 97 227 27 77 termiztexnikumi1@gmail.com
Bosh sahifa Biz haqimizda Ta'lim yo'nalishlari Qabul parametrlari Hujjat topshirish Yangiliklar Bizning jamoa Bog'lanish
Yangiliklarga qaytish
Tadbir

💇‍♀️ KASBIY AMALIY MASHG‘ULOT.

22-Sentabr, 2026 209 marta ko'rildi
💇‍♀️ KASBIY AMALIY MASHG‘ULOT.

Termiz shahar 1-son texnikumida ishlab chiqarish ta’lim ustasi Sh. Shodmonova tomonidan 11-25-guruh “Sartarosh-modelyer” kasbi o‘quvchilari bilan “Jozibali pardozlash amaliyoti: niqoblardan foydalanish” mavzusida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga pardozlash jarayonida yuz terisini parvarish qilish, turli niqoblardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, ularning qo‘llash tartibi hamda gigiyena qoidalari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.
Amaliy mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, mijozga sifatli xizmat ko‘rsatish, ozodalikka rioya qilish va kasbiy mahoratlarini yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✨ Sifatli ta’lim — puxta amaliyot — yuksak kasbiy mahorat!